«BankExpo-2019» dasturida ilg‘or IT-yechimlar, raqamli banking va xalqaro hamkorlik
04.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yana bir haftadan so‘ng poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida «BankExpo-2019» bank-moliya xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarining Milliy ko‘rgazmasi boshlanadi. Mazkur ko‘rgazmaning tashkilotchisi O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasidir. Uch kunga mo‘ljallangan tadbirlar qatori tantanali ochilish marosimidan boshlanib, unda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktori Baxtiyor Sultonovich Hamidov, «Trastbank» XAB Boshqaruv raisi Sardor Rifatovich Normuhamedov, shuningdek, ko‘rgazma mehmonlari ishtirok etadilar.

Anjumanni O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi raisi B.S. Hamidov ochib beradi. So‘ngra Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakili Alkis Drakinos, Osiyo taraqqiyot banki vakili Bobir G‘afurov, Xalqaro moliya korporatsiyasi vakili Galina Klimenko o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar. Ma’ruzalardan so‘ng ishtirokchilar matbuot anjumani davomida jurnalistlarning savollariga javob beradilar.

Tasmani kesish marosimidan so‘ng ko‘rgazma paviloni ishga tushib, unda banklar stendlari joylashtiriladi. Atrium hududi Bank Talks davomida mutaxassislar tajriba almashadilar, «Start Up tashabbuslari» sessiyasi esa loyihaga nafaqat tegishli qiziqish, balki investitsiyalar jalb etish imkonini yaratib beradi.

Ko‘rgazma yakunlanadigan kunning birinchi yarmida banklar o‘z taqdimotlari bilan chiqib, ko‘rgazma tashkilotchilari va ishtirokchilariga minnatdorchilik bildiradilar hamda eng yaxshi mijozlarini taqdirlaydilar. «BankExpo-2019» ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimi va yakunlarni chiqarish kunning ikkinchi yarmida boshlanadi. Samarali faoliyati bilan o‘zini namoyon qilgan banklarga O‘zbekistonda bank faoliyati rivojiga o‘z hissasini qo‘shganligi uchun nominatsiyalar taqdim etiladi, ayrim xodimlar esa «Bankning eng yaxshi xodimi» mukofotiga sazovor bo‘ladilar.

«BankExpo-2019» ko‘rgazmasining eng asosiy maqsadlaridan biri — moliyaviy va bank institutlarini nafaqat ishbilarmon jamiyat, balki xorijiy kompaniyalar vakillari bilan ham samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maydoni bilan ta’minlashdir. Ilg‘or tajriba va texnologiyalar almashinuvi, moliyaviy va bank muassasalari vazifalarini hal etish uchun IT-yechimlarni joriy etish – bank-moliya sohasi hamda mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi garovidir. «Banklar faoliyati — davlat rivoji» Ko‘rgazma shiori bizning asosiy maqsadimizni bevosita ifoda etadi» – deydi O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori Baxtiyor Sultonovich Hamidov.

«BankExpo-2019» ko‘rgazmasi moliya institutlari xodimlari o‘rtasida tajriba almashish, xarajatlarni qisqartirish yo‘li bilan biznes samaradorligini oshirish va chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliya sohasida joriy holatni yaxshilashga qaratilgan. Ko‘rgazmada xorijiy kompaniyalarning ishtiroki va ularning tajribasi zamonaviy biznes yechimlar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga bank-moliyaviy sektor rivojlanishiga sezilarli hissasini qo‘shadi.

«BankExpo-2019» milliy ko‘rgazmasi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni quyidagi: www.uzbankexpo.uz saytidan olish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq