«Raqamli Toshkent» Toshkent ahli va poytaxt mehmonlari uchun dolzarb loyiha
03.04.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy taraqqiyotning asosidir. Barcha sohalar faoliyatiga AKTning joriy etilishi zamonaviy talablar asosida mehnat qilishga sharoit yaratadi, ish sifati va samaradorligini oshiradi. Toshkent shahar hokimligi poytaxt miqyosida AKTni keng tatbiq etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu borada xorijiy hamkorlar bilan mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan va rivojlantirilmoqda, shuningdek, katta loyihalar amalga oshirilmoqda.

«Raqamli Toshkent» shu yo‘nalishdagi muhim g‘oyadir. Uni hayotga joriy qilishga sohaning yetuk mutaxassislari jalb etilgan. Dasturiy ta’minot bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or AT kompaniyalardan biri hisoblanmish «EPAM» bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda ish olib borilmoqda. Toshkent shahar hokimligida «EPAM» kompaniyasining prezidenti Arkadiy Dobkin va kompaniya direktori Andrey Shubaderov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro muloqot davomida tomonlar poytaxtimizdagi texnoparklarni rivojalantirish va boshqa qator masalalarni muhokama etdilar. Shuningdek, Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarida AKT sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash, bu yo‘nalishda ishlayotgan xodimlarning bilim va malakasini muntazam oshirib borish borasida ham fikr almashildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq