«Neksiya» yukxonasiga 405 million so‘mlik telefonlar yashirilgan ekan
02.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat Davlat xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Jumladan, fuqaro Yu.A. ga tegishli bo‘lgan “Neksiya” avtomashinasi to‘xtatilib xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi. Natijada avtomashina yukxonasida hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 405,5 million so‘mlik 17 xil turdagi 328 dona mobil aloqa vositalari borligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq