Rossiyani Yerni masofadan turib zondlash ma’lumotlariga asoslangan kartografik materiallarni tezkor ishlab chiqarish texnologiyalari
01.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 27-mart kuni Davergeodezkadastr raisi o‘rinbosari A.A.Mamatov boshchiligidagi «Rossiyani Yerni masofadan turib zondlash ma’lumotlariga asoslangan kartografik materiallarni tezkor ishlab chiqarish texnologiyalari» deb nomlangan qo‘shma xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti, «Kompaniya Kredo-Dialog» MCHJ, «Rakurs» AJ, «Panorama» AJ TB, «Finko» MCHJ kabi geodeziya va kartografiya sohasida yetakchi bo‘lgan Rossiya kompaniya vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Mazkur seminar Kartografiya, kadastr va ro‘yxatga olish davlat federal xizmati (Rosreestr), Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti tashabbusi asosida o‘tkazildi.

Seminar davomida Rossiya mutaxassislari O‘zbekistonlik hamkasblarini zamonaviy kartografiya materiallarini yaratish uchun uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar yordamida olinadigan yerni masofadan turib zondlash ma’lumotlarini ishlatish bo‘yicha so‘nggi texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirdilar.

Uch kunlik tadbir davomida Rossiyalik mutaxassislar Supercam S350F, Supercam S150F, Supercam X6M2 rusumdagi uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar imkoniyatlarini namoyish etadilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq