Global kiberxavfsizlik indekslari va Oʻzbekistonning reytingi: kuchli oʻsish tendensiyalari
01.04.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

Xalqaro elektraloqa ittifoqi (MSE) ning global kiberxavfsizlik koʻrsatkichi boʻyicha Oʻzbekiston 41 pozitsiyaga koʻtarildi va kiber xavfsizlikni mustahkamlash boʻyicha MDH davlatlarining safidan oʻrin egalladi.

Yaqin tarixga nazar tashlasak Oʻzbekiston 2017-yilda Global kiberxavfsizlik indeksidagi 93-oʻrinni egallagani mamlakatimizda AKT sohasining yanada rivojlanishiga yordam boʻlgan. Xalqaro elektraloqa ittifoqining reyting natijalari boʻyicha hisobotini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, mamlakat rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar, aniq maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib — axborot texnologiyalari va kibermakonning rivojlanishi rivojlangan davlatlar darajasiga koʻtarilishi kerak boʻlgan davlat boʻlish — Tinch okean va Markaziy Osiyo mintaqalari, Gʻarbiy Yevropa, Amerika sardorlari va albatta MDH davlatlari orasidagi liderlar safidan oʻrin egallash.

Xavfsiz shahar texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tashabbuslar, elektron hukumatni tashkil etish va rivojlantirish, uning konsepsiyasi va joriy etilishini qayta koʻrib chiqish, axborot va kiberxavfsizlik masalalariga eʼtiborni kuchaytirish Oʻzbekistonning Rossiya va Qozogʻiston bilan bir qatorda Yevropa davlatlari — Chexiya , Sloveniya, Moldova va boshqa bir qator rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishida katta ahamiyat kasb etadi.

Maʼlum boʻlishicha 27-mart kuni soʻnggi ikki yillik mehnat natijasi oʻlaroq Oʻzbekiston jahon kiberavfsizlik reytingida 52-oʻrinni egalladi. Ochiq manbalarni oʻrganish, MSE tuzilmasida turli tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarini, jumladan, kiberxavfsizlik masalalarida keng koʻlamli ishlari, mamlakatimiz jahon hamjamiyatida ijobiy baho berganiga batafsil izoh berildi.

Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki ushbu natijalarga 2017—2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi, shu jumladan axborot xavfsizligi va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasiga oid tahdidlarga oʻz vaqtida va yetarli darajada qarshi turishda mamlakatning izchillik bilan olib borayotgan ishlarining samarasidir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq