Yandex O’zbekiston uchun qidiruv yo’lga qo’ydi
30.03.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yandex aynan O’zbekiston uchun ishlab chiqarilgan, qidiruvni yo’lga qo’ydi. Endi mamlakat aholisi ma’lumot, video va rasmlarni ham butun internet, ham faqatgina Tas-ix tarmog’i bo’yicha izlashlari mumkin.

Qidiruv javoblarida, Yandex bir talay omillarni inobatga oladi: so’rov bo’yicha xujjatning tarkiban to’g’ri kelishi, manbaning sifati, sahifalarning yuklanish tezligi, foydalanuvchilarning shaxsiy afzalliklarini va hokazo. O’zbekistonda Tas-ix ga ulangan saytlar juda mashhur: ular tez yuklanadi va trafikni tejashga imkon beradi. Shuning uchun Yandex O’zbekiston aholisi uchun faqatgina Tas-ix saytlari bo’yicha qidiruvni yaratdi. Butun internet bo’yicha qidiruv natijalarida esa, ushbu saytlarni mahsus belgilar bilan belgilashni boshladi. Umumiy hisobda Yandex ikki yarim mingdan ortiq Tas-ix saytlarini biladi, ularni belgilanib turishiga mahsus ishlab chiqarilgan algoritm javob beradi.

Mahalliy qidiruvni yaratish uchun ma’lumotlar va auditoriya talabini bilish kerak bo’ladi. O’zbekistonda tashkilotlar qidiruvi ayniqsa mashhur. Shuning uchun Yandex qidiruvga o’n ming mahalliy kompaniyalar haqida ma’lumot joyladi. Masalan, [yaqin oradagi qahvaxona] qidirib, ularga berilgan baho, fikrlar bilan xaritadagi joylashuvi va ish vaqtini ko’rish mumkin. Yoki Yandex dan [qayerga borishni] so’rash mumkin va ushbu mavzu bo’yicha O’zbekiston foydalanuvchilari orasidagi mashhur materiallarni ko’rish mumkin.

Odamlar qidiruvni tezda kirita olishlari uchun, ularga qidiruv yordamlari taklif etiladi. Yandex O’zbekiston aholisiga mos keladigan, katta yordamlar bazasini tuzdi. Shunday qilib, [ob-havo] so’rovi bo’yicha, javobini to’g’ridan to’g’ri yordamlarda ko’rish mumkin.

Qidiruvdan tashqari, Yandex o’zbekistonliklarga butun xizmatlar to’plamini taklif etadi. Yandex.uz portalida Yandex.Habarlar, Yandex.Pochta, Yandex.ob-havo, Yandex.Musiqa, fayllar saqlash uchun Yandex.Disk xizmati, o’nlab tillardan mashina tarjimasi, Toshkentning va mamlakatning katta shaharlaring batafsil xaritalari. Mamlakat bo’yicha harakatlanishda avtosevuvchilar Yandex.Navigator mobil ilovasidan foydalanishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq