Telegramning yangi versiyasi — uchta yangi maxfiylik xususiyatga ega boʻldi
28.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Telegram ishlab chiquvchilar dasturning yangi versiyasini chiqarishdi, Endilikda ushbu xabar almashish xizmati orqali foydalanuvchining maxfiyligini oshirish uchun moʻljallangan funksiyalari boʻladi.

Avvalo, maxfiylikni ustuvor bilgan foydalanuvchilarga xizmat qiladigan quyidagi uchta asosiy yangilikni taʼkidlab oʻtish lozim.

— Oʻzingiz va suhbatdoshlaringizdagi cheklanmagan vaqtda (ilgari bu funksiya 48 soat ichida mumkin edi) xabarlarini oʻchirish qobiliyati;

— Sizning akkauntingizdan boshqa foydalanuvchilarga yuborilgan xabarlarni nazorat qilish qobiliyati;

— Avataringizning koʻrilishini boshqarish yaʼni baʼzi shaxslar uchun uning koʻrinishini taqiqlash xususiyati mavjud boʻladi.

Bundan tashqari yangi versiya qidiruvi takomillashtirilgan va emoji (agarda xabar faqatgina tabassumlardan iborat boʻlsagina) smayllari koʻpaytirildi va toʻliq yuklashsiz video hamda giflarni tomosha qilish imkoniyati qoʻshildi.

Yangi funksiyalar haqida batafsil rasmiy saytdan bilib olishingiz mumkin: https://telegram.org/blog/unsend-privacy-emoji

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq