Toshkent metropoliteni: bepul Wi-Fi va elektron to’lovlar
27.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish va keng targ’ib qilish maqsadida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan sinov tariqasida metro bekatlarida bepul, tezligi 512 Kbit/s bo‘lgan Wi-Fi o‘rnatilgan (ichki resursida).

Hozirgi kunda «Alisher Navoyi» va «Paxtakor» bekatlarida ushbu tizim samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur xizmatdan har qanday O’zbekiston Respublikasining uyali aloqa operatorining abonentlari bo‘lgan yo‘lovchilar avtorizatsiyadan o‘tgandan keyin (SMS-kodi orqali) foydalanishi mumkin. Ayni paytda poytaxtimizdagi barcha metro bekatlarida Internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishni kengaytirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Mazkur loyiha «Independent Telecom innovations» IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Yana bir e’tiborga molik jihat, sinov tariqasida «Bodomzor» va «Mustaqillik maydoni» bekatlarida joriy qilingan elektron to‘lovlar tizimi boshqa bekatlarda ham keng joriy qilinadi. Unda zamonaviy avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi, ya’ni NFC dasturini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaga ko‘ra, uyali aloqada mavjud bo’lgan hisoblardan ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq