O‘tgan haftada birjaning onlayn auksioni orqali 754 ta avtomobil raqam belgilari sotildi
25.03.2019
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2019-yil 11-martdan 17-martgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 973,7 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 37,2 foizga o‘sib, deyarli 438,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 639,9 mlrd. so‘mdan 973,7 mlrd. so‘mga ko‘tarildi. Sotuvlar bo‘yicha birinchi o‘rinni qurilish materiallari egallab, uning ulushi 21,4 foizni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda paxta tolasi – 15,7%, kimyo mahsulotlari – 14,9% va neft mahsulotlari – 12,5% ulush bilan joylashdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 2,9 mln. AQSH dollaridan ortiqqa teng tovarlar sotildi. O‘tgan haftada eksportga paxta tolasi va polietilen katta hajmda sotilib, ularning ulushlari mos tarzda 53% va 39 foizni tashkil etdi. Boshqa tovarlarning ulushi 8 foizga teng.

Joriy 2019-yil 11-martdan 17-martgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida birjaning Listing komissiyasi tomonidan sotuvchilar arizasiga binoan qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi, minneral o‘g‘it, neft mahsulotlari va boshqa tovarlarga 224 ta standart birja kontraktlari ochildi.

Ko ‘rgazma-yarmarka savdo

Ko‘rgazma-yarmarka savdolar hajmi avvalgi haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 218,9 foizga o‘sdi va 44,5 milliard so‘mni tashkil qildi. Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 28,4 milliard so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 63,8 foizini egalladi.

Tuzilgan bitimlarning hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent filiali 35,7 milliard so‘mlik kelishuvlar bilan band etdi. Namangan filiali 5,6 milliard so‘mga teng kelishuvlar imzolab, ikkinchi o‘rinni, Buxoro filiali 1,6 milliard so‘mga teng kelishuvlar imzolab, uchinchi o‘rinni egalladi.

Sotilgan tovarlar tuzilmasiga ko‘ra, yetakchi qatorlarni kimyo mahsulotlari band etdi. Bunday mahsulotlar 18,6 milliard so‘mga teng miqdorda sotildi. Keyingi o‘rinlardan qora va rangli metallar (6,5 mlrd. so‘m) va ehtiyot qismlar (2,8 mlrd. so‘m) joy oldi.

Аvtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksion

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 754 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 3,4 milliard so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 52% ikkinchi va 25% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Samarqand avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 24 foizga teng. Ikkinchi o‘rinda Toshkent va Toshkent viloyatining avto havaskorlari 22% ulush bilan joylashdi. Keyingi o‘rin Buxoro viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 9 foizni tashkil qildi. Qolgan hududlarning ulushi 45 foizga teng.

Davlat xaridlari

Elektron davlat xaridlari tizimida 51,2 milliard so‘mdan ortiq qiymatga teng bitimlar tuzildi. Budjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 9,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan davr mobaynida budjet buyurtmachilari tomonidan umumiy qiymati 19,7 milliard so‘mdan ortiq bitimlar tuzilgan bo‘lsa, korporativ buyurtmachilar tomonidan 31,4 milliard so‘mdan ziyodga teng shartnoma elektron tarzda imzolandi.
Shu jumladan, elektron do‘konda tuzilgan bitimlarning umumiy qiymati 19,9 milliard so‘mdan ortiqni, elektron auksionda tuzilgan bitimlar qiymati 31,2 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq