Bank talks va «startap-tashabbuslar»: joriy yilning aprel oyida «BankExpo-2019» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
20.03.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Har yili o‘tkaziladigan keng ko‘lamli «BankExpo-2019» ko‘rgazmasi joriy yilning 11-13 aprel kunlari poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi. BankExpo – bu bank sektori, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchilari, moliyaviy institutlar va davlat o‘rtasidagi muloqot platformasidir.

«BankExpo-2019» ko‘rgazmasi OAV vakillari uchun rasmiy matbuot anjumanidan boshlanadi. Shuningdek, ko‘rgazma tashkilotchilari, iqtisodiyot va moliya sohalari mutaxassislar hamda davlat muassasalarining boshqa vakillari ishtirokidagi panelli muhokamalar ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

«BankExpo-2019» ko‘rgazmasi bank-moliya sohasi va ishbilarmonlik sektori vakillarining samarali hamkorlik qilishlarii uchun xizmat qiladi. Ko‘rgazma doirasida soha tadbirlari mahalliy va xorijiy hamkasblar orasida tajriba almashish imkonini yaratib beradi va qator samarali yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Ushbu yechimlar, o‘z navbatida, xarajatlarni qisqartirish va biznes samaradorligini oshirish, chet el investitsiyalarini jalb etish uchun sharoitlar yaratish, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining ijtimoiy rivojlanishiga yordam berishga qodir. Xorijiy kompaniyalar ishtiroki orqali mahalliy ishbilarmonlar hamjamiyati bank-moliya sektorida keyslarning ilg‘or tajribasi va amaliy yechimlari, xizmatlarni avtomatlashtirish vositalari va zamonaviy bank uskunalari bilan tanishadilar» — deydi O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi raisi Baxtiyor Sultonovich Hamidov.

Tadbirlar doirasiga ko‘rgazma eksponentlaridan tashqari bank-moliya sektori mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish maydonchasi bo‘lgan «Bank Talks» muhokamalari, shuningdek, investitsiyalarni jalb etish yoki biznes hamkorlikni rivojlantirish uchun xususiy loyihalar taqdimotini o‘z ichiga olgan «Startap-tashabbuslar» ham kiradi.

«BankExpo-2019» milliy ko‘rgazmasi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: www.uzbankexpo.uz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq