Mutaxassislar Android uchun antiviruslar haqida tanqidiy fikrdalar
19.03.2019
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2017-yildan beri Android uchun sifatsiz antiviruslarni izlash bilan shugʻullanib kelgan AV-Comparatives kompaniyasi keng koʻlamdagi xavfsizlikni oʻrganish natijalarini eʼlon qildi. Mutaxassislar Google Play dagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan mashhur gadjetlarni ishonchli himoya qilishini vaʼda qiluvchi 250 ta ilovalarni tahlil qilishdi. Test natijalari qoniqarli boʻlmadi.
Tekshirish uchun 250 antivirusni tanlanib, 100 ta “toza” ARK-fayllar va 2000 zararlangan ilovalarni tekshiruvdan oʻtkazishdi. Umumiy hisobda 500 000 dan ortiq sinov tekshiruvlari oʻtkazildi. Eksperiment davomida avtomatik ravishda brauzer yuklanib, virus yuklanuvchi zararlangan smartfonlarga antiviruslarni oʻrnatishgan. Shuni taʼkidlash joizki , aniqlangan viruslar oʻtgan yili keng tarqalgan boʻlib bular haqida antivirus ishlab chiqaruvchilar yaxshi tanish boʻlishlari kerak edi. Amalda sinalgan dasturlardan atigi 80 tasi zararlangan ARK-fayllar boʻyicha 30% atrofida notoʻgʻri natijalarni koʻrsatmagan.
Tahdidlarni toʻgʻri aniqlashga faqatgina 23 ta antivirus erishdi. Bular Avast, Bitdefender, ESET, Kasperskiy laboratoriyasi, McAfee, Sophos, Trend Micro, Trustwave va shunga oʻxshash mashhur kiberxavfsizlik boʻyicha ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari hisoblanadi.
- « Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan «Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi
- Oʻzbekiston boʻyicha Axborot texnologiyalari sohasida mehnat bozori mutaxassislari tahlili /Internet/Telekommunikatsiyalar »