Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan «Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi
19.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan «Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-mart kuni «Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4242-sonli Qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.

Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslar, shuningdek ularning vakillari tomonidan texnik vositalar (video qoʻngʻiroqlar, matnli xabarlar, maxsus dasturiy taʼminotdan foydalangan holda qoʻngʻiroqlar va boshqalar) orqali boʻladigan murojaatlarga shoshilinch operativ xizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) kechayu kunduz, tezkor javob berishlarini taʼminlash dispetcherlik xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, qarorga muvofiq eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari elektron bazasi yaratiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan 2019-yil 1-iyulga qadar eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarga shoshilinch operativ xizmatlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, shu jumladan mobil aloqa servislaridan foydalanish boʻyicha bepul xizmat koʻrsatish imkonini beruvchi axborot tizimi joriy etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq