Yer usti stansiyalariga chastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston va Qozogʻiston ekspertlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi
18.03.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 12-martidan 15-martiga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (AKT vazirligi)da yer usti stansiyalariga chastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasini Aloqa maʼmuriyatlari ekspert guruhining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Guruh ishida Oʻzbekistondan AKT vazirligi (Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi ishchi organi), “EMMM” DUK va “UNICON.UZ” DUK mutaxassislari, Qozogʻistondan Qozogʻiston Respublikasi axborot va kommunikatsiyalar vazirligining “Davlat radiochastota xizmati” Respublika davlat korxonasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida kun tartibi hisobga olingan holda, ishtirokchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi radioxizmatlari tomonidan foydalanilayotgan fuqarolarga moʻljallangan Radiochastotalar taqdimotlarining muayyan radiochastota chiziq(polosa)laridagi texnik asoslarini muvofiqlashtirish boʻyicha avval tayyorlangan Kelishuvga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan ishtirokchilar tomonidan muzokaralar olib borildi.

Ishtirokchilar tomonidan, shuningdek, quruqlikda harakatlanuvchi va radioeshittirish stansiyalarini muvofiqlashtirish shartlari boʻyicha bir qator masalalar koʻrib chiqildi. Uchrashuv natijalariga koʻra, koʻrib chiqilgan masalalar yechimi uchun tomonlar amalga oshirishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar koʻrsatib oʻtilgan bayonnoma imzolandi.

Ekspert guruhi ishtirokchilari respublikalarning chegara oldi hududlarida radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish masalalarida oʻzaro hamkorlik qilish maqsadida kelgusida bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda oʻtkazib borishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq