Xalqaro turistik ko‘rgazmalarda foydalanilayotgan milliy IT-texnologiyalar
18.03.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Turizm sohasida axborot texnologiyalarini faol rivojlantirish uchun «Smart Chain» MChJ innovatsion «NAZZAR» mobil ilovasini ishlab chiqdi.

NAZZAR – bu AR (Augmented Reality – kengaytirilgan reallik) texnologiyasi bilan ishlovchi ilova bo‘lib, istalgan moddiy vositalarda kengaytirilgan reallik elementlarini integratsiya qilish imkonini beradi. Smartfon kamerasini NAZZAR belgichasiga yo‘naltirganingizda, ekranda turli xildagi ovozli va video effektlar bilan to‘ldirilgan real obyekt tasviri paydo bo‘ladi.

«ITB Berlin 2019» va «MITT-2019» xalqaro ko‘rgazmalarida ishtirok etish doirasida, «NAZZAR» ilovasidan foydalanish ko‘rgazma mehmonlariga O‘zbekiston turistik salohiyati bilan texnologik formatda tanishish imkonini berdi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar smartfon kameralaridan foydalangan holda suratlarda tasvirlangan insonlar va joylar fotosuratlarini jonlantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Mazkur dasturiy mahsulotni ishlatish O‘zbekistonda turizmga bo‘lgan katta qiziqishni uyg‘otdi.

Mazkur ilova haqida quyida batafsil bilib olishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq