Toshkent davlat yuridik universitetida 140 ming AQSH dollari miqdoridagi xalqaro grant doirasida innovatsion loyiha amalga oshiriladi
18.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda barcha sohalar kabi, yuridik sohada ham yuqori bilimga ega, faol va zamonaviy fikrlaydigan, ilm-fan rivojiga hissa qo‘sha oladigan yoshlarga ehtiyoj kuchli.

Bu borada Toshkent davlat yuridik universitetida 2019-2020 yillar davomida maxsus innovatsion loyiha amalga oshirilib, uning natijasida “Elektron universitet” platformasini yaratish orqali yuridik ta’lim olishga bo‘lgan imkoniyatlarni kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.

O‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib deb topilgan ushbu loyiha uchun Jahon banki tomonidan Akademik innovatsiyalar fondi granti doirasida 140 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi. Grant loyihasini amalga oshirish natijasida, eng zamonaviy va innovatsion ilmiy, o‘quv elektron dasturlarini yaratish rejalashtirilgan. Jumladan, “Elektron universitet” platformasi doirasida “Elektron tadqiqot”, “Elektron ta’lim”, “Elektron pedagog”, “Elektron talaba”, “Elektron kutubxona”, “Elektron huquqiy targ‘ibot” kabi dasturlarni yaratish va yagona global platformaga birlashtirish orqali universitet resurslaridan istalgan nuqtadan bemalol, ortiqcha qiyinchiliklarsiz foydalanish, ta’lim olish jarayoniga eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabilar ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Toshkent davlat yuridik universitetida loyiha doirasida jahonning eng nufuzli xalqaro ilmiy markazlari mutaxassis va ekspertlarini jalb etish hamda dunyodagi eng mashhur universitetlarda mavjud bo‘lgan innovatsion tadqiqotlar olib borish uchun forsayt-markazni tashkil etish orqali O‘zbekistonda yuridik fanni yanada rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq