Odnoklassniki va Mirror AI foydalanuvchilar avatarlarini neyrotarmoqlar yordamida emodziga aylantiradi
18.03.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

Odnoklassniki foydalanuvchilar profilidagi fotosuratlarni emodzi uslubiga keltirilgan suratlarga aylantirishni o‘rgangan birinchi ijtimoiy tarmoq bo‘ldi. OK Mirror AI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt qo‘llaniladigan texnologiyani integratsiya qilib, ushbu texngologiya yordamida OK’ning har bir foydalanuvchisi avatarni o‘zining xususiy emodzi-personaji bilan bezashi mumkin.

Shaxsiy emodzini Mirror AI ijtimoiy tarmog‘idagi maxsus ilova orqali yaratish mumkin, ushbu ilovadan OK’ning desktop va mobil versiyalarida foydalanish mumkin.

Neyrotarmoqlar va qiyofani aniqlash texnologiyalari yordamida Mirror AI foydalanuvchi fotosuratini tahlil etadi, hissiyot ifodasi, qiyofa geometriyasini aniqlaydi va shaxsiy emodzi-suratlar to‘plamini yaratadi.

Foydalanuvchi ilovaga o‘tgan zahoti, ilova avtomatik tarzda, profildagi fotosuratni qayta ishlaydi va shaxsiy emodzilardan iborat galereya yaratadi. Ushbu emodzilarga turli fe’l-atvor va kayfiyatdagi personajlar, jonlantirilgan suratlar, shuningdek, dolzarb sabablarga moslashtirilgan obrazlar kirib, ular yordamida hissiyotlarni ulashish mumkin. Masalan, ayni paytda, Mirror’da 8- martga bag‘ishlangan emodzi-portretlar mavjud. Shuningdek, foydalanuvchilar obrazlar konstruktori yordamida o‘z emodzi-avatarini yig‘ishi, soch rangini, shaklini, obraz tafsilotlarini tanlashi mumkin.

Yuzaga kelgan suratni profilning asosiy fotosurati sifatida yuklab qo‘yish mumkin. Ilovadagi kengaytirilgan funksiyalarning qismi pullik.

Anton Fedchin, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i rahbari:

Odnoklassnini – noyob ijtimoiy tarmoq bo‘lib, unda foydalanuvchilar yaqin insonlari bilan faol ulashadigan hissiyotlarni ifoda etishning turli usullari mavjud. OK’da virtual sovg‘alar, stikerlar, otkritkalar ommabop tusga ega bo‘lib, foydalanuvchilar xabarnomalar, sharhlar va qo‘ng‘iroqlar orqali muloqot qiladilar. Biz hissiyotlar almashinuviga umid bog‘lab qolamiz va natijalarni ko‘rmoqdamiz. Shu tariqa, o‘tgan yili foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqda har kuni amalga oshiradigan qo‘ng‘iroqlar soni 7 baravar, har oyda yuboriladigan stikerlar soni esa 13 baravar oshdi. Profil fotosurati ijtimoiy tarmoqda doim ko‘plab hissiyotlarga sabab bo‘ladi, shu munosabat bilan biz uchun personallashtirilgan emodzilar xizmatini ishga tushirish – auditoriyaning jalb etilishini oshirish va OK foydalanuvchilariga do‘stlar bilan aloqa qilish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etishda yana bir qadam hisoblanadi.

Aleksey Kashevarov, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori:

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari eng yuqori faollikni bosh sahifadagi fotosuratni o‘zgartirishda ifoda etadilar. OK foydalanuvchilari ko‘p hollarda aynan do‘stlarining yangi fotosuratlariga o‘z munosabatini bildiradilar. Shu munosabat bilan biz uchun keyingi bosqich — personallashtirilgan kontentni, shu jumladan, foydalanuvchilar ulashadigan shaxsiy stikerpaklar yaratishdan iborat.

Yevgeniy Kuroshev, Mirror AI Bosh direktori:

Offlayn rejimda muloqotimizning asosiy qismi biz talaffuz etadigan so‘zlar orqali emas, balki biz qiyofamiz bilan ifodalaydigan hissiyotlar orqali kechadi. Onlayn muloqotda o‘z hissiyotlarimizni smayliklar (qulay, biroq personallashtirilmagan) yoki videochat (personallashtirilgan, biroq ko‘p hollarda noqulay) orqali ifoda etamiz. Mirror qulaylik va personallashtirishni birlashtiradi. Bizning texnologiyalarimiz birgina fotosuratdan bir soniyada o‘zingizga va do‘stlaringizga o‘xshash personajlardan iborat minglab stikerlar yaratib, siz ulardan keyinchalik messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanishingiz mumkin. Foydalanuvchilarimiz biz yaratadigan mahsulotni xush ko‘radilar, ilovani bir-biri bilan yiliga 40 mln. marta ulashadilar va ushbu ko‘rsatkich izchil o‘sib bormoqda. Biz Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i auditoriyasiga texnologiyalarimizni ko‘rsatishdan mamnunmiz va ularga personajlar ma’qul keladi, deb o‘ylaymiz.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq