M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
18.03.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2003-yildan buyon Rossiya Federatsiyasining professor M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti bilan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida hamkorlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda Kompaniya tomonidan yuborilib tahsil olgan mutaxassislardan 28 nafari Kompaniya tizimidagi filiallarda, 19 nafari soha korxonalari va boshqa tashkilotlarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, Kompaniya hisobidan Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida 8 nafar talabalar bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda, bir talaba universitetning aspirantura bo‘limida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2018-yil 19-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan 2003-2018 yillarda professor M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida Vazirlik tizimidagi soha korxonalaridan yuborilib tahsil olgan mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning ish sharoitlari, muammolarga asosiy e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, mutaxassislarning soha rivoji uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalar yuzasidan takliflari hamda kelajakdagi rejalari tinglandi. Olingan fikrlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Ushbu topshiriqlarni bajarish yuzasidan Rossiya Federatsiyasining professor M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida Kompaniya tomonidan xorijiy ta’lim muassasalarida malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida, yuborilgan talabalarning fanlarni o‘zlashtirishi va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish uchun Personal bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Shaymatov Mansur Jo‘rabayevich hamda Axborot xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Karshibayev Umurzak Karshibayevichlar Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida universitet rahbariyati va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, talabalarning o‘quv faoliyati, yashash sharoitlari, mavjud muammolari va erishayotgan yutuqlari o‘rganildi hamda talabalarga muammolarni hal qilish yuzasidan yo‘l-yo‘riq va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq