«O‘zbekiston havo yo‘llari» bilan hamkorlik
16.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining yangi Airbus A320neo modelidagi samolyot o‘z qatnovlarini boshladi.

Uzcard banklararo to‘lov tizimi orqali internet xizmatlari uchun bank kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida, Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari tomonidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» ning billing tizimiga integratsiya qilish imkoniyati yaratildi.

Endilikda, har bir yo‘lovchi taklif etilgan narxlarga binoan belgilangan megabaytlarni xarid qilishlari va parvoz vaqtida undan foydlanishlari mumkin. Ushbu to‘lov jarayoni mobil uskunaga integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan tizim orqali hamda parvoz xodimi yordamida amalga oshiriladi.

Yangi samolyot 150 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan bo‘lib (biznesda -12 ta, ekonom klassda -138 ta), qator qulayliklarga ega: zamonaviy dizayn, qulay va keng o‘rindiqlar va ularga joylashtirilgan dasturli monitorlar, aloqa va Wi-Fi tizimi, mukammallashtirilgan tovush izolyatsiyasi. Wi-Fi tizimidan foydalanish imkoniyati ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, mahalliy va jahondagi so‘nggi yangiliklardan ogoh bo‘lish kabi imkoniyatlarni yaratadi.

Wi-Fi tizimiga pullik ulanishga tegishli batafsil ma’lumot bilan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining rasmiy sayti yoki parvoz xodimlari tomonidan tanishishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq