Yandex.Metro ilovasi Toshkent shahrida ishga tushirildi
15.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahrida Yandex.Metroning mobil ilovasi ishga tushirildi. Uning yordamida shahar aholisi va unga tashrif buyurgan sayyohlar metroda kerakli marshrutni ko‘rishlari, qayerda boshqa yo‘lga o‘tishni va safar qancha vaqtni olishini bilib olishlari mumkin.

Foydalanuvchi jo‘naydigan va chiqadigan stansiyalarini ko‘rsatishining o‘zi kifoya — Yandex.Metro kerakli o‘tish yo‘lagi yoki shaharga chiqish joyida bo‘lish uchun eng qulay bo‘lgan marshrut va vagonni ko‘rsatadi. Ilovada har bir stansiyaning ish vaqti va ularning shahar xaritasida joylashgan joyini ko‘rish mumkin. Agar stansiya ta’mirlash uchun yopilsa, bu sxemada ko‘rsatiladi.

Yandex.Metro ilovasi yordamida temir yo‘l vokzali va avtobuslar shohbekatiga yetib olish osonlashadi — ular sxemada maxsus belgi bilan ko‘rsatilgan. Bu xizmat chet mamlakatlarda ham yordam beradi: ilovada Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg hamda Rossiya, Belarus, Ukraina va Turkiyadagi yana 10 ta shahar metrosi sxemalari mavjud.

Ilovadan Android va iOS tizimida foydalanish mumkin. U internetsiz ishlaydi. Foydalanuvchilar metro sxemasi tilini tanlashlari mumkin — o‘zbek tili yoki rus tili. Yaqin kelajakda sxemada Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari va boshqa foydali mo‘ljallar paydo bo‘ladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq