Toshkentda bo‘lib o‘tadigan USENET 2019 sanasi e’lon qilindi
15.03.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

USENET 2019 oltinchi xalqaro digital-konferensiyasi 16-may kuni poytaxtning International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Shakllangan an’anaga ko‘ra, bu yil ham konferensiyada O‘zbekistondan, shuningdek, yaqin qo‘shni mamlakatlar – Qozog‘iston va Rossiyadan tashrif buyurgan ma’ruzachilar ishtirok etadi. O‘tgan yili ushbu anjumanning to‘liq bir kunida 1200 dan ziyod tinglovchilar ishtirok etgan edi.

Headliner chiqishlar an’anasiga ko‘ra, yaqin xorijiy davlatlardan ekspertlar ham ishtirok etadi. Ma’ruzachilarning ism-sharifi va ma’ruzalarning aniq mavzulari keyinchalik konferentsiyaning rasmiy sayti – USENET.UZ da e’lon qilinadi.

Konferensiya O‘zbekistonning yetakchi media-agentligi – Ledokol Group kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. USENET 2019 konferensiyasining Bosh homiysi – Beeline Uzbekistan kompaniyasi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ko‘magida o‘tkaziladi.

USENET – O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan yagona internet-konferensiya bo‘lib, tadbir sahnasi 20 dan ziyod mahalliy va xalqaro ekspertlarni o‘zida jamlaydi. Konferensiya 2011-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.

Tinglovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaqin bir necha hafta davomida USENET.UZ konferensiyaning rasmiy saytida hamda rasmiy Telegram kanali — @usenet2019da mavjud bo‘ladi.

USENET 2019 yangiliklari bilan quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

— Facebook: https://www.facebook.com/usenetuz/

— Telegram: https://t.me/usenet2019

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq