Toshkent xalqaro aeroportida birinchi Axborot- turizm markazi ishga tushdi
14.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

12-mart kuni I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uchun mamlakatdagi birinchi Axborot-turizm markazi (stendi) ishga tushdi.

Mazkur obyektning ochilishi 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasida mamlakatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida belgilab qo‘yilgan.

Axborot markazini O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v.b Ulug‘bek Qosimxo‘jayev ochib berdi va ochilish marosimida jurnalistlarga ushbu tadbirning ahamiyati hamda axborot markazlarini hali butun Respublika bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilgani haqida ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, axborot-turizm markazining maqsadi, chet ellik mehmonlarning mamlakatga tashrifi qulay o‘tishi uchun barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishdir. Bu yerda chet ellik mehmonlar uchun markaz xodimlari tomonidan taksi, mehmonxona bron qilish, transfer, turistik sim-kartalar, axborot-turistik materiallar (turistik marshrut xaritalari, broshuralar, turistik dasturlar) olish kabi xizmat turlari taqdim etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq