Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalari: Turkiston bank
13.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Turkiston bank Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalarini o‘z mijozlariga taqdim etuvchi ikkinchi bank bo‘ldi.

Bugungi kunga kelib, UnionPay International to‘lov kartalari dunyoning 170 dan ortiq mamlakatida qabul qilinadi, xususan, 1,1 mln. bankomat va 12mln. kommersantlarda. Kartalarning birlashgan emissiyasi 5 mlrd. dan ortib ketdi, bu ko‘rsatkichlar natijasida UnionPay boshqa to‘lov tizimlarini ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Eslatib o‘tamiz, kobeydjing kartalari bir qator qulayliklarni o‘zida mujassam etadi:

— bir necha to‘lov tizimlardan to‘lov infrastrukturasida foydalanish;

— plastik kartadan o‘z davlatidan tashqarida ham foydalanish imkoniyati mavjudligi (misol uchun, Mastercard, Unionpay to‘lov tizimlar);

— agar chet el to‘lov tizimi yashab turgan joyda ishlatilmay qolsa, karta egasi mahalliy to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirishi;

— to‘lov tizimlarning raqobatbardoshlik darajasi oshib borishi;

— karta egasida yagona karta orqali, taklif qilanayotgan to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatining paydo bo‘lishi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq