O‘zbekiston Milliy kutubxonasida U-Report yoshlar ijtimoiy innovatsion loyihasi taqdimoti
13.03.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Jahon” o‘qish zalida O‘zbekistondagi YuNISEF tashkiloti vakolatxonasi bilan hamkorlikda U-Report yoshlar ijtimoiy innovatsion loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. U-Report loyihasi YuNICEF (BMT Bolalar fondi) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamkorligi va Ucell kompaniyasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Taqdimotni ochiq deb e’lon qilar ekan, U-Report loyihasi rahbari J.Nurjanova loyihaning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirdi. “U-Report yoshlar ijtimoiy innovatsion loyihasi haftalik so‘rovnomalar asosida yoshlarni qiziqtirgan va ular hayotiga dahldor dolzarb masalalarda fikrlarini o‘rganish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni tarqatish imkonini beradi. So‘rovnoma natijalari yoshlar siyosati hamda yoshlar farovon hayotiga oid dasturlar, xizmatlar, boshqa sohalarni shakllantirish va amalga oshirishda manfaatdor tomonlar tomonidan o‘rganilib chiqiladi”, — dedi J.Nurjanova.

U-Report yoshlar ko‘mitasi yetakchisi M.Abidov loyiha haqida ko‘rgazmali slaydlar yordamida gapirib berdi. “So‘rovnoma natijalari real vaqt tartibda uzbekistan.ureport.in O‘zbekistondagi U-Report saytida jamlanib boriladi. Loyihada ishtirok etish anonim, bepul, maqsadli auditoriya 14-30 yoshlilar. Kanalga mamlakatimiz bo‘ylab barcha viloyatlardan Telegram, Feysbuk, SMS orqali ulanish mumkin (qisqa 1122 raqamiga START so‘zini SMS qilib, Telegram dagi @UreportUzbBot ga START so‘zini yuborib, Facebookdagi Massenger orqali @UReportUzbekistan sahifasiga START so‘zini yuborib). Turli sektorlardagi vaziyatni yaxshilash uchun so‘rovlar natijalari yoshlar hamda qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadigan shaxslar orasida tarqatiladi. Fikrlarni yig‘ish uchun beriladigan savollar sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalari, yoshlar orasidagi ishsizlik va yoshlarga tegishli boshqa masalalarni qamrab olishi mumkin”.

“Bugungi kunda U-Report platformasi 5 million nafardan ortiq respondentlarni o‘z ichga olgan dunyoning 52 mamlakatida qo‘llaniladi. O‘zbekiston bu loyihaga 50 mamlakat sifatida kirgan. Ushbu innovatsion metodologiya alohida axborotlarning sir saqlanishini kafolatlaydi, lekin ayni paytda umumlashtirilgan ma’lumotlar bilan jamoatchilik bemalol tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Olingan axborot yoshi, jinsi va mintaqalar bo‘yicha real vaqt tartibida tahlil etilib, yoshlarga maslakdosh tengdoshlari bilan topishishda va yoshlarga doir muhim masalalarga hukumat e’tiborini jalb qilishga yordam beradi”, — deya qo‘shimcha qildi U-Report yoshlar ko‘mitasi a’zosi S.Ahmedov.

Taqdimot ishtirokchilari ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarning mahfiyligi, javoblarning xavfsizligining ta’minlanganligi, ko‘ngillilar harakatida ishtirok etish imkoniyatlari va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda savollar bilan murojaat qildilar. Faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar va esdaliklar bilan taqdirlandilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq