Bridge International Academies “Oʻquv jarayonini onlayn monitoring qilish platformasi”ni taqdim etdi
13.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari Sarvar Boboxoʻjayev Bridge International Academies rahbari Jey Kimmelmanni qabul qildi. Uchrashuvda Bridge International Academies rahbari “Oʻquv jarayonini onlayn monitoring qilish platformasi”ni taqdim etdi.

Ushbu platforma oʻquv jarayonining sifatini yaxshilash va oʻqituvchilarning taʼlim berish sifatini nazorat qilish hamda oʻquvchilarning dars jarayonida faolligini yaxshilashga koʻmaklashadi. Mazkur xizmat dunyoning oltita mamlakatida qoʻllanilishi taʼkidlanib oʻtildi. Natijalarga koʻra, platforma maktablarda qoʻllanganidan soʻng, taʼlim sifati sezilarli darajada yaxshilanishiga erishilgan.

Oʻz navbatida oʻqituvchilarning bilim darajasidan qatʼiy nazar, har bir oʻqituvchi yagona taʼlim standartini olish imkonini beruvchi dars rejasini oladi. Shuningdek, kompaniya vakillari tomonidan oʻqitish sifati tahlil qilinib, oʻqituvchiga metodik yordam koʻrsatiladi.

Kelgusida tadqiqot natijalari boʻyicha tomonlar oʻzaro anglashuv memorandumini imzolashi kutilmoqda. Shuningdek, mazkur tizimni yurtimizda amalga oshirishning muqobil yoʻllari koʻrib chiqiladi. Ayni paytda ushbu tadqiqot mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Bridge International Academies rahbari Jey Kimmelman Oʻzbekistonga tashrifi davomida bir nechta maktablarga tashrif buyurdi.

Bridge International Academies 2008 yilda tashkil etilgan boʻlib, kompaniyaning innovatsion yechimlari 100 000 nafar bolani qamrab olgan 500 dan ortiq maktablarga joriy etilib, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan hamda taʼlim sifati va darajasini oshirish boʻyicha amaliy natijalarga erishilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq