Toshkent shahridagi Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi
11.03.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 11-martda Toshkent shahridagi Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi. Unda ushbu oliy taʼlim muassasasi talaba va oʻqituvchilari respublikamizdagi xususiy va davlat kompaniyalari uchun blokcheyn, narsalar interneti, toʻldirilgan reallik, mashina orqali oʻquv va kompyuter koʻrish doirasi texnologiyalarini qoʻllagan holda, IT-yechimlar ishlanmalari va ularni sinovdan oʻtkazish ishlari bilan mashgʻul boʻladilar.

Laborotoriyaning ochilish marosimida raqamli iqtisodiyotga oʻtish davrida bozor malakali IT-mutaxassislarga ulkan ehtiyoj sezishini, ilgʻor IT-texnologiyalar yordamida aniq vazifalarga yechim topish Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalariga oʻz malakalarini oshirishlariga zamin yaratishiga eʼtibor qaratildi.

SAP Next-Gen Lab zarur texnik uskunalar, yaʼni kompyuterlar, 3D-printerlar, toʻldirilgan reallik garnituralari bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda, protatiplarni yaratish uchun talabalar va oʻqituvchilarga SAPning platformali yechimlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Talabalar ishlari formati loyihaviy seminarlar, xakatonlar, mahorat-maktablari va treninglarning oʻtkazilishini nazarda tutadi.

SAP Next-Gen Lab – bu SAPning Universitet alyansi tashabbusidir. Universitetlar bazasida innovatsion laborotoriyalar tashkil etiladi. Ularda talabalar loyihalar ustida ish olib boradilar. Jamoalarga mijozlar va SAP hamkorlari vaziflar topshiradi. Butun dunyoda 100 dan ortiq shunday laborotoriyalar tashkil etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq