O‘zbekistonda birinchi «Raqamli texnologiyalar markazi»
11.03.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Davlatimiz rahbari joriy yil 28-fevral – 1-mart kunlari Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida bergan topshirig‘i asosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida shunday markazlar tashkil qilish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

«O‘zbektelekom» AKning Namangan shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi ma’muriy binosida respublikada birinchi bo‘lib tashkil etilgan «Raqamli texnologiyalar markazi» bu boradagi dastlabki amaliy qadamlardan bo‘ldi, xabar beradi O‘zA.

«Raqamli texnologiyalar markazi»ning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Umarov Markazni tashkil etishdan bir qator istiqbolli maqsadlar ko‘zda tutilgani, jumladan, yoshlarga axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish ekanini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun axborot texnologiyalari bo‘yicha tayyorlov kurslarini tashkil etish, axborot va kompyuter texnologiyalari sohasida davlat organlari xodimlarining malakasini oshirish, kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini o‘rgatish kabi masalalarga e’tibor qaratish ko‘zda tutilganini e’tirof etdi.

Markaz kompyuter sinflari, muzokaralar o‘tkazish xonasi, videokonferensaloqa studiyasi hamda Markaz ma’muriyati uchun mo‘ljallangan xonalar bilan ta’minlandi. Yigirmadan ziyod kompyuter jamlanmalari bilan jihozlangan o‘quv xonalarida joriy yilning o‘zida ming nafardan ziyod yoshlar bepul o‘qitiladi.

«O‘zbektelekom» AK yangi markaz tashkil eyilishida hamkorlik qildi.

O‘quv markazida IT–tadbirkorlikni va startap loyihalarini ishlab chiqishdan boshlab, to uni tijoratlashtirish bosqichigacha bo‘lgan jarayonlar qo‘llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, Markazda qo‘shimcha ravishda hokimliklar, davlat va xo‘jalik organlari, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi uchun axborot texnologiyalari yo‘nalishida kunduzgi va kechki kurslarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq