IT sohasidagi yoshlar va iqtidorlar uchun MUICdan yangi imkoniyatlar
11.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning fevral oyida Innovatsiya markazi tomonidan «Robotics Lab Future Technology Company» MChJ bilan birgalikda kodlarni yozish bo‘yicha mamlakatimizning barcha hududlaridan o‘nlab iqtidorlarni qamrab olgan tanlov o‘tkazilgan edi. Yuqorida nomi qayd etilgan kompaniya bilan birgalikda yoshlar uchun kurslarning tashkil etilishi tanlovning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Bugun zarur testdan o‘tish istagidagi barcha nomzodlar Innovatsiya markazi tomonidan «Robotics Lab Future Technology Company» kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan dasturlash va robototexnika kurslari uchun 50 foizli chegirmani qo‘lga kiritishlari mumkin.

Kelajak uchun kasbga ega bo‘lish maqsadida kurslar haqidagi batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: +998 909701070 va +998 994441020 (telegramm) @muic_official va @roboticslab

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq