AKT vaziri Navoiyda: tizimli o‘rganish davom etmoqda
11.03.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov hududlarda AKTni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda o‘rganishni davom ettirmoqda.

11-mart kuni AKT vaziri telekommunikatsiya infratuzilmalari, pochta sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida soha korxonalari daromadini oshirish, yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, tarmoqda faoliyat yuritayotgan xodimlarning turmush darajasini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish masalalari tahlil qilindi.

Shuxhrat Sadikov qishloq hududlarida aholiga zamonaviy telekommunikatsiya va pochta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish lozimligini ta’kidladi. Chunki hududlarda internet va boshqa AT-xizmatlarga talab kundan-kunga oshib bormoqda.

AKT vaziri bunga qadar Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida bo‘lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini o‘rgangandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq