70 million so‘mlik telefonlarni yashirishga urinish naf bermadi
11.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qonunbuzarliklariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Jumladan, «Seul-Toshkent» yo‘nalishi bilan uchib kelib, «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro E.Sh.ning xatti-harakati bojxonachilarning e’tiborini tortdi. Natijada uning yuklari xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Fuqaroning sumkasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan qiymati taxminan 70 million so‘mlik 30 dona mobil aloqa telefonlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq