Poytaxtda «Smart turizm» rivojlanmoqda
06.03.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Sayyohlar o‘ziga kerakli ma’lumotni olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, smartfonlardan foydalanadi.

Hozirgi kunda jahonda «Smart turizm» konsepsiyasi rivojlanmoqda. Toshkent shahrida bu texnologiya ilk bora Toshkent turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan QR-kodlar yordamida sayyohlarga taqdim etilmoqda. Ushbu loyiha doirasida sayyoh QR kod tasviriga ishora qilgan holda bir necha soniyadan so‘ng, o‘z smartfoniga 12 ta tilda oson va qulay ko‘rinishda poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari haqidagi barcha ma’lumotni qabul qilib oladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilarga nafaqat sayyohlik obyektlari haqida, balki eng yaqin mehmonxonalar, restoranlar, san’at galereyalari va boshqa arxitektura hamda tarixiy yodgorliklar haqida ham ma’lumot beriladi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq