Radioelektron vositalardan tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanish ma’muriy jazo choralari ko‘rilishiga sabab bo‘ladi
28.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus shahar ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plamiga asosan «Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish, qurish, foydalanish hamda chet ellardan olib kirish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil qilish bo‘yicha 2019-yil mobaynida hamkorlikda ishlarni olib borish chora-tadbirlar rejasi»ga muvofiq tezkor ravishda hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan 11 dona «Baofeng» rusumidagi radioelektron vositalardan vakolatli organlar tomonidan ogohlantirilganiga qaramasdan tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi tomonidan radioelektron vositalardan foydalanish tartibini buzganligi uchun ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqilib, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksining 152-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jazo chorasi ko‘rildi va radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanishga chek qo‘yildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq