Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmatida laboratoriya mashg‘ulotlari
28.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

“Nodir va qo‘lyozma asarlarni saqlash” fanidan o‘tkazilgan laboratoriya mashg‘ulotini Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati rahbari N.Zoitova olib bordi.

Talabalarga axborot – kutubxona resurslarini saqlash, joylashtirish va ulardan foydalanish, nodir va alohida qimmatga ega nashrlarni pasportlashtirish hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qo‘lyozmalar va nodir nashrlar ma’lumotlar bazasi haqida batafsil ma’lumot berildi va amaliyotda ko‘rsatildi. Shuningdek N.Zoitova mashg‘ulot qatnashchilariga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan joriy etilgan “Nodir nashrlar va qo‘lyozmalar” ma’lumotlar bazasi dasturi haqida batafsil ma’lumot berdi va kitoblarni saqlash, ulardan foydalanish, zararlanganlarini butlash, konservatsiya, restavratsiya qilishdagi asosiy prinsiplar haqida ma’lumot berdi.

Mashg‘ulot so‘ngida talabalarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati tarixi va hozirgi faoliyati, foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, elektron bazani yaratish jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq