«Globalizasiya sharoitida axborot texnologiyalari va chet tillarining integratsiyasi» mavzisida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bolib o‘tdi
28.02.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yil 26-27 fevral kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Globalizasiya sharoitida axborot texnologiyalari va chet tillarining integratsiyasi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga hissa qo‘shish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti «Chet tillar» kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

Anjumanning yalpi va seksiya sessiyalarida xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion usullari, xorijiy tillarni o‘rganishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, chet tillarini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni va zamonaviy pedagogikada axborot texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan original tadqiqotlar natijalarini ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, konferensiyada kredit ta’lim tizimi asosida xorijiy tillarni o‘qitishning rivojlanish istiqbollari ham muhokama qilindi. Konferensiya axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda chet tillarni o‘qitishning nazariy asoslarini ta’minlovchi analitik materiallar va ilmiy ishlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Konferensiya: «Xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning roli», «Kredit ta’lim tizimida chet tillarini o‘qitish masalalari», «Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodlari», «Xorijiy tilni harbiy ta’limga integratsiyalash» mavzulariga bag‘ishlandi.

Anjumanda ishtirok etish uchun 200dan ortiq ariza topshirildi. Konferensiya mavzusi bo‘yicha Respublikaning yetakchi ekspertlari, professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda, ko‘plab yosh tadqiqotchilar va o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Nozima Nishanova,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Chet tillar kafedrasi assistenti

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq