TATUda Janubiy Koreyalik professor faoliyat yurita boshladi
27.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Janubiy Koreyalik professor Choi, Won-Gun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy yilning bahorgi semestridan “AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasida faoliyat yurita boshladi.

Choi, Won-Gun AKT sohasida iqtisodiyot va menedjment fakulteti talabalariga “Iqtisodiyot nazariyasi” hamda “Boshqaruv hisobi” fanlaridan ingliz tilida maʼruza mashgʻulotlarini olib bormoqda.

Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, professor Choi, Won-Gun 1980-1985 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsei universitetida bakalavriaturani va 1986-1988 yillarda Fransiyaning Nice universitetida magistraturani tamomlagan. 1993-yilda Fransiyaning Paris1 universitetida “Moliya” mutaxassisligi boʻyicha PhD ilmiy unvonini olgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq