Robototexniklar oʻrtasida «RoboCUP» televizion musobaqasi eʼlon qilinadi
26.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash Ulugʻbek jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yurtimizdagi iqtidorli yosh robototexniklar oʻrtasida «RoboCUP» televizion musobaqasini eʼlon qiladi.

«RoboCUP» musobaqasi Robo-sumo hamda Robo futbol yoʻnalishdan iborat boʻlib, 2 yosh toifasi oʻrtasida oʻtkaziladi.

Robo sumo yoʻnalishi arduino platformasida yasalgan, oʻzini oʻzi boshqaruvchi 16 ta robot oʻrtasida oʻtkaziladi. Ushbu yoʻnalishda qatnashish uchun 2 kishidan iborat boʻlgan jamoa oʻz robotini yasashi kerak. Musobaqa gʻoliblari Xitoyda boʻlib oʻtadigan Asian Science Camp oromgohida qatnashishlari uchun yoʻllanma beriladi.

Robo futbol yoʻnalishi Lego konstruktorlarida yasalgan robotlar oʻrtasida oʻtkaziladi. Musobaqa gʻoliblari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga kirish uchun 30% qoʻshimcha ballarga ega boʻladi hamda esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Musobaqaga qatnashish uchun barcha jamoalar onlayn ariza toʻldirishlari talab etiladi. Arizalar 2019-yilning 5-martiga qadar reg.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Yilning eng innovatsion loyihasida ishtirok eting!

REVISED RoboSumo(Reglament)

REVISED RoboFutbol(Reglament)

REVISED RoboCUP (Nizom)

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq