IUT da birinchi EPAM Insider anjumani bo‘lib o‘tdi
24.02.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yilning 23-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi “EPAM Insider” anjumani bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kompaniya vakillari jahonning yetakchi liderlariga kelajak texnologiyalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va tatbiq etishga aynan qanday yo‘llar bilan yordam berayotganlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov, vitse-prezident, EPAMning Armaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi ishlanmalar markazlari rahbari va ofis direktori Andrey Savastyuk va “EPAM”ning O‘zbekistondagi ofisi direktori Renat Axtyamov ochdilar.

“EPAM Insider”ning asosiy maqsadi Toshkentda axborot texnologiyasi sohasi professionallari bilan muloqot maydonini tashkil qilish, hamkasblar bilan tajriba almashish, shuningdek, biznesdagi aniq amaliy ish va ko‘nikmalar borasidagi tajribalarni o‘rtoqlashish uchun imkoniyatlar taqdim etishdir. Ushbu konferensiyaning maqsadli auditoriyasi – axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘liq bo‘lganlar, shu sohada faoliyat boshlashni rejalashtirayotganlar, industriyaning global trendlari haqida ko‘proq bilishni istovchilar hamda ekspert va hamfikrlar bilan muloqot olib borish istagida yurganlardan iboratdir.

Mutaxassislar “Delivery” va “Project Management”, “Digital Practice”, “People Management” singari zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot beradilar. Muhandislik madaniyati nimadan iborat? Soha mohir mutaxassislar uchun qanday imkoniyatlar ochadi? Biz asosiy muhandislik yondoshuvlarini o‘zgartirish uchun yangi texnologiyalar afzalliklaridan qanday foydalanamiz? Uchrashuvda “EPAM” spikerlari va Toshkent komyuniti-liderlari konferensiya ishtirokchilari bilan birgalikda shu va shunga o‘xshagan ko‘plab masalalarni ko‘tarib chiqdilar. Spikerlarning chiqishlari bir vaqtning o‘zida ikki maydonda olib borildi. “EPAM Insider” dasturida ma’ruzalardan tashqari “I Can Code” dasturlash bo‘yicha musobaqa ham uyushtirildi. Shuningdek, anjuman doirasida “EPAM Insider” ekspertlari qanday loyihalar ustida ish olib borayotganlari to‘g‘risida gapirib berdilar, xalqaro axborot texnologiyalari borasida muvaffaqiyatlarni qanday qo‘lga kiritish borasidagi bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va yuzma-yuz munozaradagi savollarga javob berdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq