Navoiy Xalqaro aeroportida 3G/4G va Qcell (Lamp Site) texnologiyalari boʻyicha yangi baza stansiyalari oʻrnatildi
23.02.2019
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xalqaro aeroportlarda sayohatchilarni birinchi navbatda, ishonchli aloqa va yuqori tezlikdagi Internet mavjudligi qiziqtirmoqda. “Oʻzbektelekom” AK “OʻzMobayl” filiali tomonidan “Navoiy” Xalqaro aeroportida 3G/4G texnologiyasidan foydalangan holda baza stansiyalarni oʻrnatish va sozlash ishlari yakunlandi.

Xalqaro aeroportning terminali hududida yoʻlovchilar, xodimlar va kutib oluvchilar yuqori sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanishlari uchun Qcell (Lamp Site) texnologiyasi boʻyicha qoʻshimcha maxsus qurilmalar oʻrnatildi.

Bu vaqtgacha mazkur viloyat markazi aeroporti hududida UZMOBILE GSM tarmogʻining bunday sifatli qoplamasi mavjud emas edi.

“Oʻzbektelekom” AK “OʻzMobayl” filiali abonentlarning manfaatlarini koʻzlab, rivojlanishda davom etmoqda. Mazkur haftada bir nechta yangi manzilda: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (Qoʻngʻirot tumani, Ravshan hududida) va Toshkent viloyati (Oʻrtachirchiq tumani, Qorasuv shaharchasi)da baza stansiyalari oʻrnatildi.

Antenna-machta inshootlari va zamonaviy yangi qurilmalarning ishga tushirilishi bilan hududda aloqa sifati va qoplash zonasi yaxshilanadi hamda barcha standartlarga muvofiqlashtiriladi.

UZMOBILE tarmoqlarini kengaytirish davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq