Yashirincha olib kirilayotgan 225 dona telefon to‘xtatib qolindi
20.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Namangan viloyati bojxonachilari mobil aloqa vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirish holatiga chek qo‘yishdi.

Xususan, «Pop» chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan respublikamizga kirib kelgan fuqaro G‘.R.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi.

Natijada, fuqaro G‘.R.ning yuk sumkasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va bojxona nazoratidan yashirin tarzda olib o‘tilayotgan 225 dona «NOKIA» rusumli mobil qo‘l telefonlari borligi aniqlandi.

Ushbu tovar moddiy boyliklarning umumiy qiymati qariyb 18 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq