Vazir Sirdaryo viloyatida AKT rivoji bilan tanishdi
20.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

15-16 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganish maqsadida Sirdaryo viloyatida boʻldi.

Mazkur viloyatga safar doirasida Vazir Mirzaobod va Guliston tumanlari telekommunikatsiya bogʻlamalari va tuman pochta aloqa bogʻlamalari, tumandagi Toshkent radiotelevizon uzatish markazining “Guliston” radiotelevizion stansiyasi faoliyatini yaqindan oʻrgandi. Ushbu tumandagi “Zarbdor” QFY “Ishonch” massivida qurilgan namunali uy-joylarga GPON texnologiyasi hamda Guliston shahridagi “Bogʻishamol” massivi “Buyuk kelajak” mahallasida qurilgan koʻp qavatli uylarga FTTb texnologiyasi asosida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga eʼtibor qaratdi.

Vazir Sh. Sadikov uchrashuvlar davomida hududlarda sohani jadal rivojlantirish, joylarda yechimini kutayotgan masalalarni birgalikda hal qilishda mutasaddi rahbarlar va xodimlarning oʻz vazifasiga masʼuliyat, fidoiylik va tashabbuskorlik bilan yondashishlari zarurligini taʼkidladi.

Sirdaryo viloyatida “Raqamli texnologiyalar va IT-tadbirkorlik oʻquv markazlari”ni tashkil etish loyihasi doirasida, avvalo, viloyatning telekommunikatsiya infratuzilmasini tubdan rivojlantirish, ushbu maqsadlar uchun 2019 yil davomida umumiy qiymati 45,4 mlrd. soʻmga teng boʻlgan loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgani Vazir tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Vazir viloyatning bir qator tumanlari telekommunikatsiya bogʻlamalarida mavjud keng polosali texnologiya asosidagi qurilmalardan foydalanish darajasini oshirish, marketing va tijorat siyosatining toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarini bitiruvchi yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha boʻyicha aniq koʻrsatmalar berdi.

Vazirlik rahbari uzoq yillar davomida soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh soha xodimlarini Vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirladi hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq