TATUda AQShning Webster universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

20-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AQShning Webster universiteti vitse-prezidenti Djon Payl, Webster universiteti prorektori Dj.Shuster, TATU rahbariyati hamda TATUda AQShning Webster universiteti «Biznes boshqaruvi (MBA)» magistratura yo‘nalishiga o‘qishga xujjat topshirgan talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — TATUda AQShning Webster universiteti «Biznes boshqaruvi (MBA)» magistratura yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish jarayoni bilan tanishish, hujjat topshirayotgan talabalar bilan uchrashish, ular bilan ta’lim jarayoni haqida suhbatlashib olish hisoblanadi. Bundan tashqari, Toshkent shahrida AQShning Webster universiteti filialini tashkil etish va 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarni qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama etish ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQShning Webster universiteti (Webster University, George Herbert Walker School of Business and Technology) Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yo‘nalishi) o‘quv dasturi asosida «Loyihalarni boshqarish» yo‘nalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlangan va o‘qishga qabul qilish davom etmoqda.

Qabul haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq