Soha korxonalari rahbarlari bilan davra suhbati
20.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbariyati ishtirokida Samarqand shahridagi soha korxonalari rahbarlari bilan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida olib borilayotgan ishlar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari xususida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida viloyatda aloqa xizmatlarini ko‘rsatayotgan korxonalar vakillarining takliflari va muammolari tinglandi.

Samarqand viloyatida hududlardagi sayyor qabullarni munosib tarzda o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqishni tizimli tashkil etish ustuvor vazifalardan biri ekani alohida qayd etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq