TIU da Toshkendagi birinchi EPAM Insider anjumani bo‘lib o‘tadi
19.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

23-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ilk bor Toshkenda AT sohasidagi trendlarga, shuningdek, kompaniyaning eng yaxshi amaliyotlari – dasturiy ta’minot va innovatsion yechimlarning global ta’minotchilariga bag‘ishlangan EPAM Insider anjumani bo‘lib o‘tadi.

EPAM Systems – dasturiy ta’minot va raqamli platformalar ishlab chiqish bo‘yicha dunyodagi yetakchi provayderlar sirasiga kiradi. Kompaniya o‘z mijozlariga murakkab biznes muammolarini amaliy imkoniyatlarga aylantira oladigan innovatsion yechimlarni taklif etadi.

PAM Insider – bu AT sohasining yetakchilari bilan yuzma-yuz tanishish uchun noyob imkoniyatidir. Anjumanning maqsadi Toshkentda AKT sohasi mutaxassislari bilan muloqot qilish, tajriba, biznesdagi amaliy ish va ko‘nikmalarni almashishga imkon beruvchi platforma yaratishdir.

Mazkur anjumanda axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan yoki shu sohada faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan hamda global tendensiyalar haqida ko‘proq bilishni istovchilar, mutaxassislar va hamkasblar bilan muloqot qilish istagida bo‘lgan barcha kishilar ishtirok etishi mumkin.

EPAM vakillari sohadagi Delivery hamda Project Management, Digital Practice, People Management kabi zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot beradilar. Anjuman doirasida texnik ma’ruzalarni tinglash bilan birga, EPAM ekspertlari qanday loyihalar ustida ish olib borayotgani, xalqaro AKT kompaniyasida xizmat pog‘onalaridan qanday o‘sish mumkinligi haqida aytib o‘tiladi va ishtirokchilarni qiziqtirayotgan savollarga javob beriladi.
Spikerlar bir vaqtning o‘zida ikkita maydonda ma’ruza qiladilar. Ishtirokchilar EPAM Insider ma’ruzalaridan tashqari I Can Code dasturlash bo‘yicha musobaqada ham ishtirok etadilar.

Anjuman Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy manzilida, Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida, soat 09.00da boshlanadi.

Anjuman rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Mazkur loyihada ishtirok etish bepul bo‘lib, quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan o‘tiladi — https://events.epam.com/events/insider-uz

Manba: www.inha.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq