«ROBO CODERS 2019» tanlovining birinchi tur natijalari
19.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«ROBO CODERS 2019» tanlovi joriy yilning 4-fevralidan boshlab yoshlar o’rtasida robototexnika oid masalalarni ishlash bo’yicha tanlov o’tazilmoqda.

Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar ishtirok etmoqda. Tanlovda ishtirok etishning asosiy talablari bo’lib — mantiqiy matematik masalalarni yechimi uchun kodlar yozish qobiliyatiga ega bo’lish.

Tanlovning birinchi bosqichi 2019-yil 17-fevralda o’tkazilib, unda ishtirokchilarga robototexnikaga oid mantiqiy hisob-kitoblar va algoritmlarga oid topshiriqlar berildi. Algoritmlarning o’ziga xosligini va topshiriqni ishlash uchun sarflangan vaqtga qarab final bosqichiga o’tgan ishtirokchilarni robotcslab.tuit.uz tizimi aniqladi va ular orasida 50 nafar finalga o’tgan ishtirokchilar saralandi.

Ikkinchi — yakuniy bosqich 24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo’lib o’tadi.

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi koʻmagida oʻtkazilmoqda.

Tanlov tashkilotchilari:

— “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi” MChJ;

— Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

— “ROBOTICS LAB FUTURE TECHNOLOGY COMPANY” MChJ.

Tanlovning asosiy vazifalari — axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish bo’lib hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq