TIU uzluksiz ta’lim tayyorlov kurslari filialini ochdi
18.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

17-fevral kuni poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi «High profile education» ta’lim markazi negizida Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi uzluksiz ta’lim tayyorlov kurslari filialining tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov va Uchtepa tuman hokimi Shuhrat Otamuhamedov ishtirok etdi.

TIU «High profile education» ta’lim markazi negizida o‘zining akademik dasturlari asosida birgalikda matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan tayyorlov kurslarini tashkil etadi.

Tinglovchilarni o‘qitish uchun ta’lim markaziga Inha universitetining xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari jalb etiladi. Bu xorijiy tilni yaxshi biluvchilar bilan o‘rganishga sharoit va imkoniyat yaratadi.

«High profile education» markazi tayyorlov kurslarining tinglovchilari universitet qoshidagi uzluksiz ta’lim tayyorlov kurslari tinglovchilari kabi Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirishda teng imkoniyatlarga va imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Ushbu filialning ochilishi yoshlarni ta’limga jalb etish hamda ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ko‘proq tumanlarni qamrab olish va sifatli kadrlarni tayyorlashga kuchli turtki beradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq