Bepul Wi-Fi endi temir yo’l vokzallarida
18.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yo’lovchilarga qo’shimcha qulayliklar yaratish, mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish va keng targ’ib qilish maqsadida “Toshkent-Markaziy” va “Toshkent-Janubiy” temir yo’l vokzallarida tezligi 100 Mb/s bo’lgan bepul Internet Wi-Fi xizmati tashkil etildi. Ushbu xizmat bosqichma-bosqich amalga oshirilib, kelgusida yurtimizdagi barcha vokzallarda joriy etiladi.

Ushbu xizmat vokzal hududida joylashgan va har qanday uyali aloqa operatorining abonentlari bo’lgan yo’lovchilar erkin foydalanishlari mumkin. Temir yo’l chiptasi bor xorijlik sayyohlar uchun esa, maxsus vaucher hamda bepul Internetga kirish imkoni beriladi. Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha temir yo’l vokzallarida internetga bepul ulanishni kengaytirish bo’yicha jadal ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Toshkent temir yo’l muhandislari institutida ham mazkur Wi-Fi texnologiyasidan foydalanish imkoniyati mavjud. Oliygoh talabalari va professor-o’qituvchilar uchun 70ta Internetga ulanish nuqtasi joriy etilgan. Shu bilan birga, ushbu texnologiya «Sihatgoh» sanatoriy-profilaktoriyasida ham qo’llanilmoqda.

Ta’kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan loyiha “O’zbekiston temir yo’llari” AJ hamda “SOLA” savdo belgisi ostida tanilgan “Asia Wireless Group” qo’shma korxonasi bilan birgalikda amalga oshirildi. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash lozim, “SOLA”dan bepul internet xizmatlari poytaxtimizdagi ko’plab joylarida joriy etilib foydadalnuvchilarga muvaffaqiyatli xizmat ko’rsatib kelinmoqda.

Qanday qilib yangi xizmatga ulanish va foydalanish mumkin? O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq Internet tarmog’idan foydalanish (Wi-Fi) foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish bilan amalga oshirililadi. Buning uchun, foydalanuvchi erkin cheklovchiz Wi-Fi tarmoqlari ro’yxatidan “SOLA”ni tanlab, tizimga (belgilangan shaklda telefon raqami kiritlib Internetga kirish uchun parolni SMS bilan qabul qilinishi orqali) kirishi mukin bo’ladi.

Wi-Fi dan bepul foydalanish belgilangan vaqt ichida amal qiladi, so’ng lozim bo’lsa “PayMe”, “Click”, “Paynet” to’lov tizimlari orqali kerakli pul o’tkazmalari orqali amalga oshiriladi. “Visa” xalqaro to’lov tizimi bilan integratsiyasi 2019-yilning o’rtalarida joriy etish rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq