O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ilmiy-ma’rifiy elektron bazalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtiruvchi seminar bo‘lib o‘tdi
17.02.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yil 15-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ilmiy-ma’rifiy elektron bazalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtiruvchi seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti doktoranturasi 1-bosqich doktorantlari uchun tashkil qilindi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad – axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarini ilmiy-ma’rifiy elektron bazalari bilan tanishtirish, dunyo ilmiy ta’limiy resurslaridan O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona muassasalarida samarali foydalanishni ta’minlash kabi dolzarb muammolarning yechimini topish.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati bosh mutaxassisi G.Iskandarova yig‘ilganlarga ilmiy-ma’rifiy elektron bazalarning mohiyati, xorijiy axborot resurslaridan foydalanish afzalliklari, ularndan foydalanishni ta’minlashning samaradorligi va bu borada O‘zbekiston Milliy kutubxonasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u EBSCO, JSTOR, Library Press Display, eLIBRARY.RU, ProQuest, Springer kabi to‘liq matnli ilmiy ma’lumotlar saqlanadigan bazalar va platformalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

G.Iskandarova seminar ishtirokchilariga ilmiy-ta’limiy bazalar va ularda mavjud resurslarga bepul kirish imkoniyatini beruvchi ko‘makchilar, zarur axborot resursini tezkorlik bilan topish, ularni yuklab olish va to‘la matnda o‘qish imkoniyatini berishi, shuningdek, tadqiqotchilar uchun mavjud qulayliklar, yetakchi ilmiy jurnallar va ilmiy to‘plamlar haqida gapirib berdi, ilmiy maqolalarni chop etuvchi jurnallarning tahliliy sharhini havola qildi, oliy attestatsiya komissiyasining asosiy jurnallari, xalqaro ilmiy jurnallar va ularga ilmiy maqolalar yuborish qoidalari bilan tanishtirdi.

Seminar ishtirokchilari olgan ma’lumotlarini kutubxonaning “Ilm” dissertatsiyalar zalida amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar va mazkur tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq