Xalq taʼlimi vazirligi EPAM INSIDER anjumanini qoʻllab-quvvatladi
16.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Xalq taʼlimi vazirligi joriy yilning 23-fevralida Toshkent shahrida ilk bora oʻtkaziladigan EPAM INSIDER anjumanini qoʻllab-quvvatladi. Mazkur loyiha kelgusida yurtimiz yoshlari uchun axborot texnologiyalari sohasida ish topish imkonini beradi.

EPAM Systems Inc. 1993-yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda dasturiy taʼminot va raqamli platformalar ishlab chiqish boʻyicha dunyodagi yetakchi provayderlar sirasiga kiradi. EPAM oʻz mijozlari bilan murakkab biznes muammolarini haqiqiy biznesga aylantirish hamda zamonaviy yechimlarni yaratish uchun yaqindan hamkorlik qiladi.

EPAM INSIDER ishtirokchilarga EPAM bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi. Anjumanning asosiy maqsadi Toshkentda AKT mutaxassislari bilan muloqot qilish, tajriba almashish, biznesdagi amaliy ish va koʻnikmalarni boʻlishish uchun imkon beruvchi platforma yaratishdir. Shuningdek, mazkur anjuman axborot texnologiyalari sohasi bilan bogʻliq boʻlgan yoki faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan hamda global tendensiyalar haqida koʻproq bilishni istovchi, mutaxassislar va hamkasblar bilan muloqot qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari, EPAM Systems Inc. vakillari tomonidan sohadagi Delivery hamda Project Management, Digital Practice, People Management kabi zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil maʼlumot beriladi.

Anjuman doirasida nafaqat texnik maʼruzalar, balki EPAM ekspertlari qanday loyihalar bilan ish olib borayotgani, xalqaro AKT kompaniyasida qanday oʻsishi haqida aytib oʻtiladi va ishtirokchilarni qiziqtirayotgan savollariga javoblar beriladi. Ishtirokchilar EPAM INSIDER maʼruzalaridan tashqari I Can Code dasturlash boʻyicha musobaqada ham ishtirok etadilar.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov mazkur anjuman haqida shunday deydi: “EPAM Systems Inc. axborot texnologiyalari sohasida dunyodagi eng katta autsorsing kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham EPAM INSIDER birinchi anjumanini qoʻllab-quvvatlaymiz. Boisi ushbu anjuman maktab bitiruvchilarini axborot texnologiyalari sohasidagi kasblarda ishlash uchun kerakli bilimlar bilan tayyorlashga qaratilgan IT-nation loyihasi maqsadlari bilan hamohangdir. Bunday tadbirlar oldimizga qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi, yaʼni bitiruvchilarimiz kelgusida munosib ish topishga muvaffaq boʻlishadi”.

Mazkur loyihada ishtirok etish bepul boʻlib, quyidagi manzil orqali roʻyxatdan oʻtiladi — https://events.epam.com/events/insider-uz

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq