UZMOBILE O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqlarini kengaytirishda davom etmoqda
15.02.2019
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Zamonaviy mobil aloqa operatori har kun o‘z tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish haqida qayg‘urishi shart. Bu unga ish sifatini va qoplab olish zonasini oshirish, shuningdek, yanada tezkor mobil Internet texnologiyasini joriy etish imkonini beradi. «O‘zbektelekom» AK «Uzmobayl» filiali aynan shunga amal qiladi.

«O‘zbektelekom» AK «Uzmobayl» filialining minglab baza stansiyalari butun O‘zbekistonimiz bo‘ylab, tunu-kun mobaynida, millionlab abonentlarga xizmat qiladi. Kompaniyaning mobil laboratoriyalari aloqa sifati monitoringini o‘tkazadi va birinchi navbatda, zarur bo‘lgan joylarga qo‘shimcha baza stansiyalarini o‘rnatadi.

O‘zbekistonning barcha mintaqalarida har kun yangi antenna-machta inshootlari, zamonaviy asbob-uskunalar va eng zamonaviy baza stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Kompaniya 2019-yilda 4043 ta mobil aloqa baza stansiyalarini foydalanishga topshirishni rejalashtirgan. Bu ishlar butun mamlakatimiz abonentlari manfaatini ko‘zlab amalga oshirilmoqda. Kompaniya mutaxassislari O‘zbekistonda o‘rnatilgan barcha me’yor va qoidalarga rioya qilgan holda baza stansiyalarini loyihalashtirish, montaj va sozlash ishlarini olib bormoqdalar.

Masalan, faqat 2019-yil fevral oyida Toshkent shahri, shuningdek, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 74ta yangi baza stansiyalari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, abonentlarimiz murojaatlariga muvofiq, masalan, Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi «Qushchi» qishlog‘ida qo‘shimcha baza stansiyasi qurildi va foydalanishga topshirildi. Mazkur baza stansiyasining ishga tushirilishi bilan mazkur hududda aloqa sifati va qoplash zonasi yaxshilandi hamda barcha standartlarga muvofiqlashtirildi. Bunday misollar juda ko‘p.

UZMOBILE tarmoqlarini kengaytirish davom ettirilmoqda. Mamlakatimiz mintaqalarida baza stansiyalarini o‘rnatilishi haqida foydalanuvchilarimizni muntazam ravishda xabardor qilib boramiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq