TIU professorlari fermer xo‘jaliklari uchun ilova ishlab chiqdi
15.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti professorlari Jasurbek Xo‘jayev va Sarvar Abdullayev fermer xo‘jaliklari yetishtirayotgan o‘simliklar, kasallik va zararkunandalar xronologiyasi haqidagi ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan mobil ilovani ishlab chiqdi.

Farg‘ona vodiysi fermerlari o‘rtasida o‘tkazilgan izlanishlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda odamlar kimyoviy ishlov berish usulini ma’qul ko‘rishi ma’lum bo‘ldi. Bu esa ekologiya va insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Qopqonlar va mini-meteostansiyalarning joriy qilinishi tumandagi har bir fuqaroga o‘simliklar profilaktikasi va himoyasi, agrotexnik choralarni o‘z vaqtida va samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar aks etgan SMS-xabarnomalarni olishga imkon beradi.

Feromon qopqonlar foydalanuvchilarining qariyb 40 foizi zararkunandalarning kamaygani, 38 foizi kimyoviy preparatlarni qo‘llashni kamaytirgani hamda 90 foizdan ziyodrog‘i kelgusida himoya qilishning biologik usullaridan foydalanishi ta’kidlagan.

TIU uchun bu katta yutuq. Professorlar AT va qishloq xo‘jaligini birlashtirish yo‘li bilan O‘zbekistonda yuqori darajali aniq dehqonchilikni ta’minlash uchun yuqori texnologik yechimni ishlab chiqishdi va tatbiq etishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq