TATU katta o‘qituvchisi 2018-yil «Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog» nominatsiyasi g‘olibi
15.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Mobil aloqa texnologiyalari» kafedrasining katta o‘qituvchisi Sultonova Mahbuba Odilovna 2018-yil «Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Talabalarga bilim berish va ilm o‘rgatish – bu juda mashaqqatli va shu bilan birga, sharafli va xayrli ish. Mazkur sharafli kasb egalari ta’lim va tarbiya so‘zlarining naqadar uzviy bog‘liq tushunchalar ekanligini yaxshi anglaydilar, ushbu so‘zlar mazmun-mohiyatini alohida tushunish ham, amalda ko‘rish ham qiyin. Inson tug‘iliboq, hayotining ilk onlaridan boshlab, tarbiyalanadi va shu asnoda, o‘z ota-onasidan ta’lim oladi. Inson uchun birinchi ustoz bu – ota-onasidir. Keyingi galda maktabgacha tarbiya muassasasi, maktab va ta’lim davom ettiriladigan ilm maskanlaridir.

Ma’lumki, Shaxs o‘z faoliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Jamiyatda yashash, boshqalar bilan hamkorlik qilish, o‘zaro faoliyat yuritishdagi yutuqlari uning faqat jamoa ishlaridagi ishtiroki, jamoaviy ijodiy faoliyati orqali amalga oshadi. O‘qituvchilarga kelajak avlodni yetuk shasx sifatida voyaga yetishi, o‘z davri va jamiyatga munosib inson bo‘lib shakllanishida, ta’lim-tarbiya jarayonida, sun’iy ravishda, muvofiq imkoniyatlar yaratish uslubi va texnologiyalar namunasi pedagogikada anchadan buyon ma’lum. O‘qituvchi ta’lim oluvchiga ona-otalar kabi mehr bilan tarbiyalaydi, ustoz bo‘lib ta’lim beradi, rahbar kabi me’yorida qattiqqo‘llik qiladiki, u buning evaziga kelajakda tanlagan kasbi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishadi.

Mahbuba Sultonova 1998-yildan buyon Muhammad al-Xorazimiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Mobil aloqa texnologiyalari» kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab keladi. Talabalarga saboq berish bilan birga, yetuk kadrlar tayyorlashda turli zamonaviy texnologiyalarni hayotga samarali tatbiq etish ustida ishlab keladi. Sultonova «Mobil aloqa tizimlari» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining davlat ta’lim standartlari va malakaviy talablarini yaratishda faol ishtirok etgan.

Mahbuba Sultonova kafedraning malakali, mas’uliyatli, doimo o‘z ustida izlanuvchan o‘qituvchilaridan, talabalarga yaqin munosabatdagi ustoz-murabbiylaridan biridir. Mutaxassislik fanlaridan dars berishda doimo zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanadi. «Simsiz keng polosali texnologiyalar» va «Simsiz aloqa tizimlari va dasturlari» fanlaridan dars berish bilan birga, «Simsiz keng polosali texnologiyalar» fanidan o‘quv-uslubiy majmua hamda qator uslubiy ko‘rsatmalar muallifi, shuningdek, hammualliflikda «Simsiz keng polosali texnologiyalar» va «Simsiz aloqa tizimlari va dasturlari» (1-qism) fanlaridan darsliklar tayyorlashda faol ijodiy faoliyat yuritgan.

Mahbuba Sultonova o‘z tajriba va bilimlarini talabalarga yetkaza oladi. U kafedraning ishlab chiqarish korxonalari va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorligiga alohida e’tibor qaratib, kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan Toshkent telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari uchun mutaxassislik fanlaridan ma’ruza va seminarlar tashkil etishda ham faollik ko‘rsatmoqda. U respublika va xalqaro ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnik anjumanlarda faol muallif va hammuallif sifatida ishtirok etadi. 45dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning muallifi va hammuallifdir. Jumladan, fan va texnika olamidagi yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lish bilan birga, Chexiyada bo‘lib o‘tgan: «IP-technologies and informatization of the system of education: status and prospects» xalqaro konferensiyasida «Актуальныe вопросы воспитания личности зрeлого чeловeка при работe со студeнтами» nomli, «Пeрспeктивы развития информационных тeхнологий ITPA 2014» xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasida «System of testing of the roman optical amplifier» номли, «International conference on Information Science and communications Technologies ICISCT 2016» xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasida «Development of wireless telecommunication systems with the use of technologies of cognitive radio» nomli, «Современные направления в наукe и технологии»» VIII xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasida, «Перспективные технологии мобильной связи» nomli, «Informatika va energetika muammolari» jurnalida «Yangi avlod optik kuchaytirgichlarini yaratish uchun yerda kam uchraydigan elementlardan foydalanishning istiqbollari» va «Mobil aloqa tizimlariga tahdidlar va ularning zaifliklarini tahlil qilish» nomli, «TATU xabarlari» jurnalida «CDMA standartida axborot xavfsizligini ta’minlanishini tahlil qilish», Asian jurnal of research «Перспективы использования редкоземельчатых элементов для создания оптических усилителей нового поколeния» nomli maqolalari bilan jahonning nufuzli ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan.

Mahbuba Sultonova 2018-yil 4-yanvardan 2018-yil 31-dekabrgacha BV-Itex-2018-47-sonli «IMEI (Xalqaro mobil uskunalar identifikatori) orqali mobil qurilmalarni identifkatsiya qilish axborot tizimini yaratish va joriy etish» ilmiy-tadqiqot loyihasida, shuningdek, 2018-yil 1-martdan 2019-yil 1-martgacha 1-sonli «Анализ модeлeй распрeдeлeния уровнeй элeктромагнитного поля в различных срeдах и оцeнка качeствeнных показатeлeй мобильной связи, примeнитeльно к тeхнологии чeтвёртого поколeния»ilmiy innovatsion loyihasida ishtirokchi sifatida qatnashib kelmoqda. Mahbuba Sultonova guruh ustoz-murabbiyi, shu bilan birga, kafedra ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha mas’ul bo‘lib hisoblanadi.

Samarali faoliyati evaziga «Eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi» ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lgan. 2017-yil dekabr oyidagi «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» I Respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichida o‘z innovatsion loyihasi bilan g‘olibidir. U O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommuniktsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018-yil 4-may 295-sonli buyrug‘iga binoan «Faxriy yorliq» bilan taqdirlangan.

Mahbuba Sultonova rahbarligida har yil universitetda bo‘lib o‘tadigan Fan olimpiadalari, jumladan, «Mobil aloqa tizimlarida uzatish va qabul qilish qurilmalari» hamda «Simsiz keng polosali texnologiyalar» fanlaridan o‘tkazilgan olimpiada bir qancha talabalar qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

M.O.Sultonova fidoyi, halol va izlanuvchan inson, o‘z ishining jonkuyari, talabchan, topshirilgan har bir ishga mas’uliyat bilan ijodiy yondashadi. Hamkasblari va talabalar orasida katta obro‘ga ega. O‘z tajriba va bilimlarini yoshlarga o‘rgatish bilan birga, qo‘yilgan masalani yechish uchun o‘z atrofiga xodimlar va iste’dodli yoshlarni to‘play oladi va masalani aniq hal qilishga harakat qiladi. Shunday xizmatlari evaziga «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovining «Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari» sohasi bo‘yicha 2018-yil «Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxrli diplom bilan taqdirlandi.

Ayni vaqtda, ustozi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Xalqaro aloqa akademiyasi akademigi, IEEE a’zosi Telman Dadayevich Radjabov rahbarligida mustaqil-izlanuvchi sifatida «Yangi avlod optik kuchaytirgichlarning ekspluatatsion xarakteristikalar samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish» mavzusida ish olib bormoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq